Argentina milliy jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni "Inter Mayami" vingeri Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
"Leoda hammasi yaxshi. U jamoa bilan birga mashg'ulot o'tkazdi va bu juda muhim. U to'liq izolyatsiyada emas va tiklanish jarayoni davom etmoqda.
Balki Messi o'rtoqlik o'yinlarida ishtirok etib, maydonga tushishi ham mumkin. Har qanday holatda ham u ancha yaxshi holatda, bu esa bizni xotirjam qiladi.
Agar jamoadan yana kimdir jarohat olsa va o'ynay olmasa, uning o'rniga munosib futbolchi topa olishimizga to'liq ishonamiz", — dedi Skaloni.
Ma'lumot o'rnida, Messi may oyi oxirida jarohat olganiga qaramay, 2026 yildagi jahon chempionati uchun milliy jamoa ro'yxatiga kiritildi.