"Barselona" va Ispaniya milliy jamoasi sobiq hujumchisi David Vilya Lionel Messi haqida fikr bildirdi.
"Messining futbol va umuman sportga ta'sirini mutlaqo inkor qilib bo'lmaydi. Men "Barselona"da o'ynagan paytimda 49 ta gol urgandim, ularning deyarli barchasi Leoning uzatmalaridan keyin kiritilgan.
Hech qachon u kabi o'yinchini ko'rmaganman. Messi — dunyoning eng yaxshi futbolchisi", — dedi Vilya.
Ma'lumot o'rnida, Ispaniya milliy jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purar 2010–2013 yillar oralig'ida "Barselona" sharafini himoya qilgan va aynan shu davrda argentinalik yulduz bilan birga o'ynagan.
Avvalroq Vilya "Atletiko" direktorlar kengashi a'zosiga aylangani ma'lum qilingan edi.