«Yuventus» Kenan Yildizni jamoada olib qolishga qat'iy qaror qilgan. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira xabar berdi.
21 yoshli futbolchi yaqin kelajakda turinliklar safini tark etish ehtimoli juda past. Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda «zebralar» rahbariyati turkiyalik vingerni sotish imkoniyatini to'liq rad etgan.
«Yuventus» hatto 80–90 million yevro atrofida taklif kelib tushgan taqdirda ham transfer bo'yicha muzokaralarga kirishmaydi.
Ma'lumot o'rnida, Kenanning turinliklar bilan kelishuvi 2030 yilgacha mo'ljallangan. Yakunlangan mavsumda futbolchi 47 ta o'yinda ishtirok etib, 11 gol urdi va 10 assist amalga oshirdi.