“Yuventus” klubi hujumchi Kenan Yildiz bilan amaldagi kelishuvni 2030 yilga qadar uzaytirdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar berdi.
Qayd etilishicha, yangi shartnomaga ko‘ra, turkiyalik forvardning maoshi yuqoriladi. 20 yoshli futbolchi eng ko‘p maosh oluvchi o‘yinchilardan biriga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Yildiz 2022 yilning yozida erkin agent maqomida Myunxenning “Bavariya” klubidan “Yuventus” yoshlar jamoasiga ko‘chib o‘tgan.
Bu mavsumda u barcha turnirlarda jami 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 8 ta samarali uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Avvalroq “Yuventus” “Atalanta”ga yirik hisobda yutqazib, Italiya kubogini tark etgandi.