Bugun
112
O'zbek

Messi, Enso va Xulian Alvares — Argentinaning jahon chempionati uchun tarkibi e’lon qilindi

Futbol
28 may, 18:15
Amaldagi jahon chempionlarining bo‘lajak mundial uchun tarkibi ma’lum.
Messi, Enso va Xulian Alvares — Argentinaning jahon chempionati uchun tarkibi e’lon qilindi
Foto: Getty Images

Bu haqda Argentina futbol Assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

38 yoshli hujumchi va milliy jamoa sardori Lionel Messi tarkibga kiritildi.

O‘z navbatida, dastlabki ro‘yxatdan «Real Madrid» vakili Franko Mastantuono tushib qolgan.

Darvozabonlar: Emiliano Martines («Aston Villa»), Xuan Musso («Atletiko» Madrid), Xeronimo Ruli («Marsel»).

Himoyachilar: Nauel Molina («Atletiko» Madrid), Gonsalo Montel («River Pleyt»), Kristian Romero («Tottenhem»), Leonardo Balerdi («Marsel»), Lisandro Martines («Manchester Yunayted»), Nikolas Otamendi («Benfika»), Nikolas Talyafiko («Lion»), Fakundo Medina («Lans»).

Yarimhimoyachilar: Leandro Paredes («Boka Xuniors»), Jovani Lo Chelso («Betis»), Rodrigo De Paul («Inter Mayami»), Tyago Almada («Atletiko» Madrid), Eksekiel Palasios («Bayer»), Nikolas Gonsales («Yuventus»), Nikolas Paz («Komo»), Aleksis Makallister («Liverpul»), Enso Fernandes («Chelsi»), Valentin Barko («Strasburg»).

Hujumchilar: Xulian Alvares («Atletiko» Madrid), Lionel Messi («Inter Mayami»), Lautaro Martines («Inter»), Xose Manuel Lopes («Palmeyras»), Juliano Simeone («Atletiko» Madrid).

Foto: Fabrizio Romano

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar