«Manchester Siti» «Atletiko» vakillariga hujumchi Xulian Alvaresning ortga qaytish ehtimolini muhokama qilish uchun aloqaga chiqdi. Bu haqda Marca xabar berdi.
«Shaharliklar» Savinio va Omar Marmush jamoani tark etganidan keyin argentinalik forvardga qiziqish bildirmoqda. Shunga qaramay, Alvares Angliyaga qaytishni istamayapti.
Unga «Arsenal» ham qiziqish bildirmoqda. Forvardning transfer qiymati ham uning «Atletiko»dan ketishiga to‘siq bo‘lishi mumkin, madridliklar 26 yoshli futbolchini kamida 150 million yevroga baholamoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Xulian 2022 yildan 2024 yilgacha «Manchester Siti»da o‘ynagan. Bu davrda u barcha turnirlarda 103 ta uchrashuvda maydonga tushib, 36 ta gol urgan va 19 ta assist amalga oshirgandi.
Avvalroq Alvares «Sevilya»ga qarshi uchrashuvda o‘ynamasligi ma’lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi