Madridning «Atletiko» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone argentinalik hujumchi Xulian Alvares bilan kelajakdagi munosabatlarini qanday ko‘rayotgani haqida gapirib o‘tdi.
Forvard «Barselona» safiga qo‘shilishni istamoqda va turli sabablarni ro‘kach qilib, madridliklar mashg‘ulotlarini o‘tkazib yubormoqda. Biroq «Atletiko» bir necha bor OAV orqali ham hujumchisini asosiy raqobatchilaridan biri safiga qo‘yib yubormasligini ma’lum qildi. Simeone Alvares safga qaytsa, munosabatlarini yana yo‘lga qo‘yib olishga urinishi haqida gapirdi.
«Xulian Alvares tarkibga qaytganida, biz u o‘zini muhim futbolchi sifatida his qilishi uchun barcha zarur ishni qilamiz. Xulian yuzaga kelgan vaziyatni to‘g‘rilay oladimi? Salomatlik bo‘lsa, barchasini o‘zgartirish, to‘g‘rilash mumkin», – deya Simeone so‘zlaridan iqtibos keltiradi Mundo Deportivo.