Bugun
43
O'zbek

Xulian Alvares yana “Atletiko” mashg‘ulotida qatnashmadi

Futbol
27 avgust, 05:09
Argentinalik hujumchi o‘zini yomon his qilgani sababli ketma-ket ikkinchi kun mashg‘ulotni o‘tkazib yubordi.
Xulian Alvares yana “Atletiko” mashg‘ulotida qatnashmadi
Foto: Goal.com

Xulian Alvares “Atletiko”ning bugungi ertalabki mashg‘ulotida ham ishtirok etmadi. Argentinalik hujumchi kecha o‘zini yomon his qilgani sababli mashg‘ulotda qatnashmagandi. Bugun ham “Serro-del-Espino”dagi yig‘inda ko‘rinmadi, deb yozmoqda AS.

Alvaresning holati “Sevilya”ga qarshi 29 avgust kuni bo‘lib o‘tadigan o‘yin oldidan jiddiy savol ostida qolmoqda. “Atletiko” hujum chizig‘ida Syorlot ham jarohati sabab safda emas.

Alvaresning salomatligi bilan bir qatorda, uning kelajagi ham hanuz noaniq. Transfer oynasi 1 sentyabr kuni yopiladi. “Barselona” hujumchini qo‘lga kiritish istagidan voz kechmagan, klub prezidenti Joan Laporta ham uning transferi bo‘yicha taklif hali kuchda ekanini aytgan. Angliyaning “Arsenal” klubi ham argentinalik futbolchi uchun ehtimoliy variantlardan biri sifatida tilga olinmoqda.

Shu paytda “Atletiko” Alvaresni jamoada olib qolish pozisiyasida qat’iy turibdi.

Bugungi mashg‘ulotda esa Morten Yulmann jamoa bilan birga ishladi. Kechagi mashg‘ulotda norohatlik his qilgan futbolchining holati jiddiy emas. Ademola Lukman va Kristian Romero ham umumiy guruhda shug‘ullandi. Syorlot va Alvaresning holatiga qarab, Lukman “Sevilya”ga qarshi uchrashuvda hujumda asosiy figura bo‘lishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh +2 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar