Bugun
27
O'zbek

Bernardo jarohatdan qutulib qoldi

Futbol
16 noyabr, 09:48
    4
«Real» yarimhimoyachisi hafta oxirida «Selta»ga qarshi o‘ynay oladi.
Bernardo jarohatdan qutulib qoldi
Foto: Getty Images
21.11.2026, 15:00 Ispaniya La Ligasi Real Madrid Real Madrid - : - Selta Vigo Selta Vigo

Bernardo Silva Portugaliya safida jarohat olishdan qutulib qoldi.

«Real» yarimhimoyachisi Daniyaga (1:4) qarshi Millatlar ligasi uchrashuvidan so‘ng milliy jamoa ixtiyorini tark etdi. 32 yoshli futbolchi 79-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi va mezbonlarning yagona goliga mualliflik qildi.

Marca nashri ma’lumotiga ko‘ra, Bernarduning milliy jamoa yig‘inini tark etishi futbolchida yengil noqulaylik paydo bo‘lganidan keyin ehtiyot chorasi sifatida amalga oshirilgan. Yarimhimoyachida hech qanday jarohat aniqlanmagan va u shanba kuni «Selta»ga qarshi La Liga bahsida ishtirok eta oladi.

Orqa son mushagidan jarohat olgan Orelyen Chuamenining navbatdagi o‘yinda ishtirok etishi bo‘yicha yakuniy qaror esa hafta oxiriga yaqin qabul qilinadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Selta Vigo Selta Vigo
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar