Bugun
27
O'zbek

Kubarsi jarohatdan qutulib qoldi

Futbol
16 noyabr, 13:33
«Barselona» himoyachisining «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi so‘roq ostida.
Kubarsi jarohatdan qutulib qoldi
Foto: Getty Images

«Barselona» himoyachisi Pau Kubarsi Ispaniya terma jamoasi safida jarohat olishdan qutulib qoldi.

19 yoshli futbolchi Millatlar ligasi doirasida Angliyaga qarshi (2:3) o‘tkazilgan uchrashuvning birinchi bo‘limidan so‘ng almashtirildi. Avvalroq uning sonida muammo borligi haqida xabar berilgandi.

Mundo Deportivo nashri ma’lumotiga ko‘ra, bugun o‘tkazilgan tibbiy tekshiruv Pau jiddiy jarohat olmaganini tasdiqladi. «Barselona» himoyachisida son mushagining ortiqcha zo‘riqishi aniqlangan. Shu sababli uning «Vilyarreal»ga qarshi bahsda ishtirok etishi so‘roq ostida qolmoqda.

Keyinroq «Barselona» klubi ham himoyachining mushagi zo‘riqqanini rasman tasdiqladi. Kubarsining yakshanba kuni La Liga doirasidagi uchrashuvda maydonga tushishi yoki tushmasi haqidagi qaror keyinroq qabul qilinadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Ispaniya Ispaniya
Bugungi yangiliklar