Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Rafinya diskvalifikatsiyaga uchraganiga qaramay, jamoa ixtiyorida qolishni xohlaganini ma’lum qildi.
«Barselona» vingeri Yaponiya milliy jamoasiga (2:3) qarshi o‘rtoqlik bahsida qizil kartochka oldi va Singapur bilan bo‘lajak o‘yinni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.
Shundan so‘ng Braziliya futbol konfederatsiyasi ijrochi direktori Rodrigo Kayetano futbolchining milliy jamoa ixtiyorida qolishini ma’lum qildi.
«Rafinya milliy jamoaga nisbatan juda katta sadoqat namoyon etdi. U maydondan chetlatildi, ammo jamoa bilan birga bo‘lishni xohladi. Bu — jamoadagi muhit sog‘lom ekanining juda muhim belgisi. Ayniqsa, Rafinya kabi yetakchilarning bunday munosabati alohida ahamiyatga ega», — dedi Anchelotti matbuot anjumanida.
Anchelotti: «Milliy jamoada qolishni Rafinyaning o‘zi xohladi»
Futbol
16 noyabr, 10:12
9
Yaponiya bilan o‘yinda qizil kartochka olgan «Barsa» vingeri Braziliya safini tark etmadi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi