UEFA Millatlar ligasida guruh bosqichining so‘nggi tur bahslari o‘tkazilmoqda.
C ligasi 3-guruhida Qozog‘iston (3) Slovakiyani (12) qabul qilib, 90+5-daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqardi va turnirni g‘alabasiz, so‘nggi o‘rinda yakunladi. Slovakiya esa B ligasiga yo‘llanma oldi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida Farer orollari (8) Moldovadan (7) ustun kelib, 2-o‘rinni egalladi va B ligasiga chiqish uchun pley-offda o‘ynaydigan bo‘ldi.
Millatlar ligasi
C ligasi, 3-guruh, 16-noyabr
Qozog‘iston — Slovakiya 2:2
Gollar: Chesnokov (29), Vorogovskiy (65) — Bojenik (56), Kapralik (90+5).
Farer orollari — Moldova 1:0
Gol: Samuelsen (24).
Millatlar ligasi. Qozog‘iston Slovakiya bilan durang o‘ynab, guruhda so‘nggi o‘rinni egalladi
Futbol
16 noyabr, 12:09
7
Qo‘shnilar turnirning ushbu mavsumini g‘alabasiz yakunlashdi.
Foto: Getty Images
16.11.2026
FT
UEFA Millatlar ligasi. C ligasi
Qozog‘iston
2
:
2
Slovakiya
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi