Bugun
43
O'zbek

“Atletiko” Xulian Alvaresni “Barselona”ga sotmaydi — Fabritsio Romano

Futbol
27 avgust, 07:36
ATM direktorlar kengashi Alvares bo‘yicha “Barselona” bilan muzokara o‘tkazmaslik qarorini qo‘llab-quvvatladi.
“Atletiko” Xulian Alvaresni “Barselona”ga sotmaydi — Fabritsio Romano
Foto: Managingmadrid.com

“Atletiko” Xulian Alvaresning “Barselona”ga transferi bo‘yicha muzokara olib bormasligini rasman ma’lum qildi. Bu haqda futbol insayderi Fabritsio Romano xabar berdi.

Madrid klubi direktorlar kengashi transfer masalasidagi pozisiyani bir ovozdan qo‘llab-quvvatlagan. “Atletiko”ning ta’kidlashicha, klub transfer bozorida muzokaralarga ochiq, ammo bu jarayon axloqiy va professional tamoyillar hamda klublar o‘rtasidagi hurmat asosida olib borilishi kerak.

“Barselona” esa ushbu talablarga javob bermagani sababli Alvares bo‘yicha hech qanday muzokara o‘tkazilmagan va bundan keyin ham o‘tkazilmaydi.

“Atletiko” Xulian Alvares klubning qarorini tushunishiga va jamoa maqsadlariga erishish uchun bor kuchini ishga solishiga ishonch bildirgan.

Argentinalik hujumchi 2024 yil yozida “Manchester Siti”dan “Atletiko”ga o‘tgan. U madridliklar safidagi ikki mavsum davomida jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylangan.

Shu tariqa “Barselona”ning Alvaresni qo‘lga kiritish bo‘yicha imkoniyati yanada murakkablashdi. “Atletiko” esa futbolchining shartnomasidagi 500 million yevro miqdoridagi tovon puliga tayanayotganini avval ham bildirgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

40+ izoh +5 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar