"PSJ" himoyachisi Markinyos Chempionlar Ligasi finalida "Arsenal" futbolchisi Gabriel Magalhaes penaltini amalga oshira olmaganidan keyin uning tushkunligini his qilganini tan oldi.
"Men Gabriel penaltini ura olmaganida xursand bo'lish arafasida edim, ammo keyin uni to'g'ridan-to'g'ri oldimda ko'rdim.
So'ngra jamoadoshlarim uning yonidan o'tib ketayotganini ko'rdim. Bu men Qatarda penaltini ura olmagan paytimdagi holatni eslatdi.
Men unga nisbatan hamdardlik his qildim. Bu juda og'ir vaziyat. Men Xorvatiyaga qarshi o'sha zarbani ura olmaganimda, kimdir darhol meni qo'llab-quvvatlashini istagandim.
Shuning uchun uni quchoqlab, boshini baland tutishi va kuchli bo'lishi kerakligini aytdim. U ajoyib o'yin va mavsum o'tkazganini, dunyodagi eng yaxshi himoyachi ekanini ta'kidladi.
Unga birgina holat uning butun mavsum davomidagi buyuk o'yinini yo'qka chiqarmasligini tushuntirmoqchi bo'ldim", — dedi Markinyos.