Live
1
O'zbek

Kambyaso «Barselona»ga o‘tishni istamoqda

Futbol
6 iyun, 06:10
Italiyalik himoyachi Kataloniya klubida o‘ynash imkoniyatiga qiziqish bildirmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Kambyaso «Barselona»ga o‘tishni istamoqda
Foto: Getty Images

«Yuventus» himoyachisi Andrea Kambyaso faoliyatini «Barselona»da davom ettirishni xohlamoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira ma’lum qildi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, 26 yoshli futbolchini Kataloniya klubida o‘ynash imkoniyati o‘ziga jalb qilmoqda. Ayni paytda «Barselona» himoya chizig‘ini kuchaytirish ustida ishlamoqda va Kambyaso nomzodlar ro‘yxatidan joy olgan.

Qayd etilishicha, «Yuventus» futbolchini sotishdan kamida 30 million yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

O‘tgan mavsumda italiyalik futbolchi barcha musobaqalarda 47 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andrea Kambyaso yozgi transferlar oynasida «Yuventus»ni tark etishga tayyor ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, futbolchi bilan «Chelsi» ham qiziqayotgani haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Yuventus Yuventus
Bugungi yangiliklar