«Barselona»ga «Galatasaroy» hujumchisi Viktor Osimxenni sotib olish taklifi berildi.
Diario Sport xabariga ko‘ra, vositachilar 27 yoshli nigeriyalik futbolchini Kataloniya klubiga tavsiya qilgan.
Manbada aytilishicha, «Barselona» Osimxenning sifatlarini yuqori baholaydi. Shunga qaramay, klubning asosiy transfer maqsadi hamon «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares bo‘lib qolmoqda.
Qayd etilishicha, «ko‘k-anorranglilar» argentinalik futbolchini qo‘lga kiritish murakkab bo‘lishiga qaramay, bu transferni amalga oshirish mumkin deb hisoblamoqda.
Eslatib o‘tamiz, Viktor Osimxen so‘nggi mavsumni «Galatasaroy» safida o‘tkazib, Turkiya chempionatida samarali o‘yin namoyish etdi.
Ma’lumot uchun, nigeriyalik hujumchi o‘tgan mavsum Turkiya Superligasida 22 ta bahsda maydonga tushib, 15 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.