Live
1
O'zbek

Van Deyk JCHdan keyin milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytdi

Futbol
6 iyun, 06:18
Niderlandiyalik himoyachi mundialni sovrin bilan tugatishga umid qilmoqda.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Van Deyk JCHdan keyin milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkinligini aytdi
Foto: Getty Images

Niderlandiya milliy jamoasi sardori Virjil van Deyk 2026 yilgi Jahon chempionatidan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlashi mumkinligini istisno etmadi.

Tajribali himoyachi mundial oldidan o‘z jamoasining imkoniyatlariga yuqori baho berdi.

«Men optimizmga to‘laman. Bilaman, jurnalistlar uzoq vaqtdan beri top darajadagi milliy jamoalarni mag‘lub eta olmayotganimiz haqida gapirmoqda. Bunga aniq javobim yo‘q. Ammo buni Jahon chempionatida amalga oshirishdan yaxshiroq imkoniyat bormi?

Men chin dildan ishonamanki, bu Niderlandiya uchun juda yaxshi turnir bo‘lishi mumkin», — dedi van Deyk.

Shuningdek, u mundial faoliyatidagi so‘nggi yirik turnir bo‘lish-bo‘lmasligi haqida ham fikr bildirdi.

«Bu milliy jamoadagi so‘nggi yirik turnirim bo‘ladimi yoki yo‘qmi, hozircha bilmayman. Bu haqda faqat Jahon chempionatidan keyin o‘ylayman. Keyin ta’tilga chiqib, o‘tgan mavsum «Liverpul» bilan sodir bo‘lgan barcha voqealarni tahlil qilaman.

Umid qilamanki, faoliyatimni qo‘limda kubok bilan yakunlayman. Bu men uchun ham, sizlar uchun ham, barcha niderlandiyaliklar uchun ham g‘alaba bo‘lardi», — deya qo‘shimcha qildi futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, van Deyk bir necha yildan buyon Niderlandiya milliy jamoasining asosiy yetakchilaridan biri hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Niderlandiya 2026 yilgi Jahon chempionatida F guruhida Yaponiya, Shvetsiya va Tunisga qarshi bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Niderlandiya Niderlandiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar