Live
2
O'zbek

Mbappe: «Messi g‘olib bo‘lganida ham, Ronaldu g‘olib bo‘lganida ham bitta gapni aytganman»

Futbol
12 sentabr, 04:35
Kilian avvalgi yillarda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga munosib bo‘lgan yoki bo‘lmagani haqida gapirdi.
Mbappe: «Messi g‘olib bo‘lganida ham, Ronaldu g‘olib bo‘lganida ham bitta gapni aytganman»
Foto: Getty Images

Fransiya milliy jamoasi va Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe avvalgi yillarda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritishga munosib bo‘lgan yoki bo‘lmagani haqida fikr bildirdi.

«Bir necha yil davomida o‘zimni dunyoning eng yaxshi futbolchisi deb hisobladim. O‘zimdan kuchliroq birorta futbolchini ko‘rmadim.

Keyinchalik Messi marosimga kelib, g‘olib bo‘lganida: «Eng yaxshi futbolchi — sahnada», derdim. Hech qanday muammo yo‘q. Krishtianu g‘olib bo‘lganida ham xuddi shu gapni aytganman.

Qolganlarga kelsak, ularda «Oltin to‘p» bo‘lsa ham men hech qachon ular bilan o‘rin almashishni istamagan bo‘lardim. Lekin bu yaxshi, chunki yanada rivojlanish uchun turtki beradi», — dedi Mbappe.

Avvalroq «Oltin to‘p» uchun da’vogarlar e’lon qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar