UOL ma’lumotiga ko‘ra, bir nechta klublar 29 yoshli futbolchiga qiziqishni davom ettirmoqda. Ayni paytda Portugaliya va Saudiya Arabistonida transfer oynasi hali yopilmagani sababli Risharlisonning London klubidan ketish ehtimoli saqlanib qolmoqda.
Braziliyalik hujumchi ushbu mavsum Angliya Premyer-ligasida faqat bitta bahsda maydonga tushdi va samarali harakat qayd etmadi. Shundan so‘ng «Tottenhem» futbolchini mavsum uchun tarkibga kiritmadi.
Risharlisonning «Tottenhem» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yozda yakuniga yetadi.