Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe uning faoliyati tez sur’atlar bilan rivojlana boshlagan o‘yin haqida so‘zlab berdi.
«Manchester Siti» va «Monako» o‘rtasidagi uchrashuv men uchun Yevropadagi katta o‘yinlar bilan birinchi tanishuv bo‘lgan. Hammasi o‘sha bahsdan oldin va keyinga bo‘lindi. O‘sha «Siti» bilan bo‘lgan o‘yindan so‘ng, men «Monako»ning asosiy tarkibiga, keyin esa milliy jamoaga qabul qilindim. Hammasi tez rivojlandi», - dedi Mbappe AS’ga bergan intervyusida.
«Monako» va «Manchester Siti» 2016/2017-yilgi mavsum Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichida uchrashishgan. Har ikki o‘yinda ham Mbappe, «Monako» uchun o‘ynagan holda, gol urishga muvaffaq bo‘lgan.