Live
2
O'zbek

"Tottenhem" Gakponi o'z safiga qo'shib olmoqchi

Futbol
6 iyun, 08:15
Gakpoga "taqachilar"dan tashqari Angliya, Ispaniya va Germaniyaning boshqa klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
"Tottenhem" Gakponi o'z safiga qo'shib olmoqchi
Foto: Getty Images

"Tottenhem" yozgi transfer oynasida "Liverpul" hujumchisi Kodi Gakponi o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Jamoa bosh murabbiyi Roberto de Zerbi niderlandiyalik futbolchini qayta qurish loyihasining muhim qismi sifatida ko'rmoqda. Qayd etilishicha, londonliklar ehtimoliy transfer ustida yashirincha ish olib bormoqda va transfer oynasi davomida ham futbolchini, ham "Liverpul"ni ko'ndirishga umid qilmoqda.

Shu bilan birga, Gakpoga "Tottenhem"dan tashqari Angliya, Ispaniya va Germaniyaning boshqa klublari ham qiziqish bildirmoqda. Agar Gakpo Londonga ko'chib o'tsa, u yerda Niderlandiya milliy jamoasidagi sheriklari Xavi Simons va Mikki van de Ven bilan birga to'p tepadi.

Avvalroq Gakpo "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasini uzaytirgani ma'lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar