«Bolonya» va «Fiorentina» sobiq bosh murabbiyi Vinchenso Italyano faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.
Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, 48 yoshli mutaxassis «Beshiktosh» bilan shartnoma imzolagan.
Manbaga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi bitim 2028 yilning yoziga qadar amal qiladi.
Shu tariqa, Italyano Istanbul klubining yangi bosh murabbiyiga aylandi. U ushbu lavozimda 2025 yil yanvaridan buyon jamoani boshqargan Sergen Yalchinning o‘rnini egallaydi.
Eslatib o‘tamiz, «Beshiktosh» Turkiya chempionatining o‘tgan mavsumini 60 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda yakunlagan. Jamoa sovrindorlar uchligidan uch ochkoga ortda qolgan.
Ma’lumot uchun, Vinchenso Italyano murabbiylik faoliyati davomida «Fiorentina» va «Bolonya»da ishlagan hamda Italiya futbolidagi eng istiqbolli mutaxassislardan biri sifatida e’tirof etiladi.