Live
2
O'zbek

Gvardiola: «Chempionlar ligasi loyihalarni barbod qilishi mumkin»

Futbol
6 iyun, 10:00
Mutaxassis «Barselona» mavsumni faqat YChL natijalari bilan baholamasligi kerakligini aytdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Gvardiola: «Chempionlar ligasi loyihalarni barbod qilishi mumkin»
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Pep Gvardiola «Barselona»ning so‘nggi mavsumdagi natijalari haqida fikr bildirib, Chempionlar ligasidagi muvaffaqiyatsizliklar sabab shoshqaloq xulosalar chiqarilmasligi kerakligini ta’kidladi.

«La Masiya» tarbiyalanuvchilari haqida gapirgan mutaxassis kataloniyaliklar so‘nggi ikki yilda juda yaxshi o‘yin namoyish etganini qayd etdi.

«La Masiya futbolchilari, ular bu yerda tug‘ilganmi yoki yo‘qmi, baribir «Barselona»ning bir qismi. Ular hammasini juda yaxshi bajarmoqda. Jamoa ikki ajoyib yilni o‘tkazdi.

Chempionlar ligasi loyihalarni barbod qilishi mumkin. Umid qilamanki, «Barselona» bilan bunday holat yuz bermaydi. Turnirda g‘alaba qozonish uchun mavsum yakuniga jarohatlarsiz yetib borish kerak. Hakamlarning ta’siri ham juda katta.

Ular Chempionlar ligasi finaliga chiqmagani yoki musobaqada g‘olib bo‘lmagani uchun mavsumni yomon deb hisoblamasligi kerak», — dedi Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, Pep Gvardiola murabbiylik faoliyatidagi eng yirik muvaffaqiyatlaridan bir qismini aynan «Barselona»da qo‘lga kiritgan.

Ma’lumot uchun, kataloniyaliklar so‘nggi mavsumlarda yosh futbolchilarga katta ishonch bildirish orqali jamoani qayta shakllantirish jarayonini davom ettirmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar