Live
2
O'zbek

Fabregas: "Yoshlar bilan ishlash va ularni rivojlantirishni yaxshi ko'raman"

Futbol
6 iyun, 10:53
Sesk 2024 yildan beri Italiya klubini boshqarib kelmoqda.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Fabregas: "Yoshlar bilan ishlash va ularni rivojlantirishni yaxshi ko'raman"
Фото: Getty Images

«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas o'z ish uslubi haqida gapirib berdi.

«O'yinchilarni rivojlantirishni yaxshi ko'raman. Ishimning eng yoqtiradigan jihati — bu o'yinchilar bilan, ayniqsa yoshlar bilan vaqt o'tkazish, ularni yaxshiroq qilish yoki shunga urinishdir.

Men ular bilan vaziyatlarni tahlil qilaman. Ularning kumirlarini tahlil qilaman. O'z fikrimni aytaman. Ular ham o'z fikrini aytadi, shundan so'ng maydonga chiqib, buning ustida yakka tartibda ishlaymiz», — dedi Fabregas The Athletic nashriga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, Sesk Fabregas «Komo»ni 2024 yildan beri boshqarmoqda. Uning qo'l ostida jamoa o'z tarixida ilk bor Chempionlar ligasiga yo'l oldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Komo Komo
Bugungi yangiliklar