Londonning «Arsenal» klubi «PSJ»ning yoshlar jamoasi 18 yoshli chap qanot himoyachisi Emmanuel Mbemba bilan shartnoma imzolash niyatida.
Le Parisien nashri xabariga ko‘ra, futbolchi professional shartnoma taklif qilinganiga qaramay, jamoani tark etishga yaqin turibdi.
Manbaning yozishicha, Mbembaning «PSJ» bilan 2024-yilda tuzilgan shartnomasi shu yozda yakuniga yetadi, «Arsenal» esa futbolchiga o‘z taklifini yuborib ulgurgan. Angliya chempionlari yakuniga yetgan mavsumda bir necha bor futbolchi o‘yinlarini kuzatgani aytilmoqda.
Shunga qaramay Angliya Premer-ligasida to‘p tepish uchun yosh fransuzga milliy jamoa safidagi o‘yinlar soni yetishmayapti, bu narsa «to‘potarlar»ni Emmanuelni boshqa liga vakiliga ijara berib yuborishga majbur qilishi mumkin.