Live
4
O'zbek

Neymarning safga qachon qaytishi ma'lum

Futbol
6 iyun, 12:50
Neymar "Koritiba"ga qarshi uchrashuvda (0:3) boldiridan jarohat olgan edi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Neymarning safga qachon qaytishi ma'lum
Фото: Getty Images

Braziliya milliy jamoasi hujumchisi Neymar kelasi haftadan to'liq mashg'ulotlarga qaytishi mumkin. Bu haqida Estadão nashri xabar berdi.

"Neymarning holati aniq. U hozir individual mashg'ulotlar o'tkazmoqda. Bugun, 6 iyun kuni MRT tekshiruvdan o'tadi. Tekshiruv natijalariga ko'ra, kelasi haftadan jamoa bilan umumiy mashg'ulotlarga qo'shilishi mumkin", - dedi Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti.

34 yoshli Neymar Braziliya chempionatining 16-turidan o'rin olgan "Koritiba"ga qarshi uchrashuvda (0:3) boldiridan jarohat olgan edi. U o'yinning 65-daqiqasida maydonni tark etgan.

Shunga qaramay, Neymar Braziliya milliy jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionati uchun qaydnomaga kiritilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
Bugungi yangiliklar