Live
4
O'zbek

Iroq milliy jamoasi sardori Ayman Hussaynni AQSHda bir necha soat davomida so‘roq qilishdi

Futbol
6 iyun, 13:42
Chikagoning Illinois shtati O’Xara aeroporti xavfsizlik xizmati xodimlari iroqlik hujumchini uzoq vaqt so‘roq qilishdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Iroq milliy jamoasi sardori Ayman Hussaynni AQSHda bir necha soat davomida so‘roq qilishdi
Foto: Gettyimages

Bu haqda AS nashri xabar berdi.

JCH-2026da ishtirok etish uchun AQSHga uchib kelgan Iroq milliy jamoasi sardori va hujumchisi Ayman Hussaynni Chikago shahridagi Illinois shtati O’Xara aeroportida xavfsizlik xizmati vakillari yetti soat davomida so‘roq qilishdi.

Iroq delegatsiyasi futbolchini ozod qilish uchun bir necha marotaba urinib ko‘rdi, ammo ularning barchasi muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Ayman Hussayn aeroportda yetti soatlik so‘roqdan so‘ng, ozod etildi. Xabar qilinishicha, terrorchilik faoliyatida gumon qilingan boshqa iroqlik fuqaro bilan adashtirish sodir bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha Jahon chempionati-2026 AQSH, Kanada va Meksikada 11-iyundan 19-iyulgacha o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, armiyada xizmat qilgan Hussaynning otasi 2008-yil terrorchilar tomonidan o‘ldirilgan. 2014-yilda esa uning akasi o‘g‘irlab ketilgan va haligacha topilmagan.

Bugungi yangiliklar