Dunyoning sakkizinchi raketkasi rossiyalik tennischi Mirra Andreyeva Fransiya ochiq chempionati-2026dagi g‘alabasidan so‘ng, o‘zini tabrikladi. Finalda rossiyalik tennischi Polsha vakilasi Mayya Xvalinskani 6:3, 6:2 hisobida mag‘lub etdi.
«Men, o‘zimga bo‘lgan ishonchim uchun o‘zimdan minnatdorman... Hamisha 100% kuch bilan harakat qilganim uchun, hatto qiyin paytlarda ham. Har kuni inson va o‘yinchi sifatida yaxshiroq bo‘lishga intilishim uchun. Men bunga erishishim mumkinligiga ishonch bildirganim uchun, rahmat.
Ko‘plab ichki kuchlarim bilan kurashganim uchun. Men uchun qanchalik qiyin bo‘lganini faqat o‘zim bilaman. Ayniqsa so‘nggi haftalarda qanchalik asabiy bo‘lganimni...
Shuningdek, o‘zimga shunchalik mehnatkashligim va hamisha maksimum imkoniyatimni ishga solishim uchun rahmat», – dedi Andreyeva taqdirlash marosimida.