Germaniya kubogining 1/32 finaliga qur'a tashlandi. Ushbu bosqich o'yinlari an'anaga ko'ra mavsum boshida – avgust oyida bo'lib o'tadi.
«Bavariya»ning raqibi o'tgan mavsumda 3-ligada g'olib chiqib, Ikkinchi Bundesligaga ko'tarilgan «Osnabruk» jamoasi bo'ldi.
Germaniyaning boshqa ayrim top klublari kim bilan o'ynashini ko'rib chiqamiz.
«Osnabruk» – «Bavariya»;
«HEBK Gamburg» – «Borussiya» D;
«Veen-Visbaden» – «Bayer»;
«Ganza» – «Shtutgart».
O'tgan mavsum Germaniya kubogi finalida «Bavariya» «Shtutgart»ni 3:0 hisobida mag'lub etgan edi. Bellashuvda Harri Keyn het-trikka erishgandi.