Live
3
O'zbek

Karl jarohat tufayli JCHni o‘tkazib yuborishiga munosabat bildirdi

Futbol
6 iyun, 12:32
Mundialni o‘tkazib yuborishi aniq bo‘lgan 18 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida fikrlarini bildirdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Karl jarohat tufayli JCHni o‘tkazib yuborishiga munosabat bildirdi
Foto: Gettyimages

Myunxenning «Bavariya» klubi va Germaniya milliy jamoasi a’zosi Lenart Karl jarohat tufayli musobaqani o‘tkazib yuborishini tasdiqladi.

«Nimadan boshlashni ham bilmayapman, ammo eng muhim musobaqani o‘tkazib yuborishga majburligimga chidab bo‘lmaydi. Jahon chempionatiga yaxshi sport formasida yetib kelish uchun barchasini qildim. Afsuski, jarohatlar ko‘pincha eng keraksiz pallada yuz beradi. Jamoadoshlarimga omad yor bo‘lishini tilayman va ularni har daqiqa qo‘llab-quvvatlab turaman! Yanada kuchliroq bo‘lib qaytaman — va’da beraman. Meni qo‘llab-quvvatlab yozganlarga rahmat. Omad, Germaniya milliy jamoasi!» - deb yozdi Karl o‘z sahifasida.

Avvalroq, Germaniya milliy jamoasi ustozi Yulian Nagelsman yosh futbolchi mashg‘ulotda jarohat olgani haqida ma’lum qilgandi. Keyinroq Karlning jarohati jiddiyligi va xavbek mundialni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘lishi aniqlandi. Qaydnomada uning o‘rnini «RB Leypsig» vakili Assan Uedraogo egallaydi.

Bugungi yangiliklar