Argentina milliy jamoasi 2026 yildagi Jahon chempionati boshlanishi arafasida tarkibiy yoʻqotishga uchradi.
Qayd etilishicha, 26 yoshli himoyachi Leonardo Balerdi jarohat sababli mundialda ishtirok eta olmaydi.
«Leonardo Balerdi oʻng oyogʻining kambalasimon mushagidan jarohat oldi va shu sababli Jahon chempionati qaydnomasiga kiritilmaydi. Tezroq sogʻayib ketishingni tilaymiz», — deyiladi Argentina milliy jamoasi bayonotida.
Endilikda Lionel Skaloni Balerdi oʻrniga boshqa himoyachini chaqiradi. Argentina milliy jamoasi J guruhida ishtirok etadi. Ular Jazoir, Avstriya va Iordaniyaga qarshi bahs olib boradi.