Live
1
O'zbek

A Seriyaning yangi mavsumiga qur'a tashlandi — «Inter» debyutantga qarshi o'ynaydi

Futbol
6 iyun, 11:56
Dastlabki tur bellashuvlari 23 avgust sanasiga belgilangan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
A Seriyaning yangi mavsumiga qur'a tashlandi — «Inter» debyutantga qarshi o'ynaydi
Фото: Getty Images

A Seriya rasmiy saytida 2026/2027 yilgi mavsum uchun o‘yinlar taqvimi eʼlon qilindi.

Dastlabki tur bellashuvlari 23 avgust sanasiga belgilangan. Amaldagi chempion «Inter» debyutant «Monza»ni qabul qiladi. «Napoli» esa mehmonlarda «Jenoa» bilan kuch sinashadi.

3-turda muxlislar biryo‘la ikkita markaziy bahsga guvoh bo‘lishadi.

«Inter» uyda «Napoli»ni qabul qiladi. «Milan» esa «Yuventus» mehmoni bo‘ladi.

A Seriya, 1-tur juftliklari:

  • «Atalanta» - «Sassuolo»;
  • «Bolonya» - «Latsio»;
  • «Frozinone» - «Yuventus»;
  • «Jenoa» - «Napoli»;
  • «Inter» - «Monza»;
  • «Parma» - «Kalyari»;
  • «Roma» - «Fiorentina»;
  • «Torino» - «Milan»;
  • «Udineze» - «Komo»;
  • «Venetsiya» - «Lechche».

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar