Live
1
O'zbek

Tennis. Andreyeva — «Rolan Garros-2026» chempioni

Tennis
6 iyun, 12:17
Tennis bo‘yicha Fransiya ochiq chempionati ayollar musobaqasi hal qiluvchi bahsi bo‘lib o‘tdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Tennis. Andreyeva — «Rolan Garros-2026» chempioni
Foto: Gettyimages

Jahonning sakkizinchi raketkasi, rossiyalik tennischi Mirra Andreyeva «Rolan Garros-2026» musobaqasi finalida polshalik Mayya Xvalinska ustidan (reytingning 114-raketkasi) 6:3, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.

19 yoshli Andreyeva faoliyatidagi oltinchi va ilk «Katta dubulg‘a» turkumiga kiruvchi musobaqa bosh sovrinini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, yarimfinalda Andreyeva Ruminiya vakilasi Sorana Kirstiyani, Mayya Xvalinska esa boshqa bir rossiyalik tennischi Diana Shnayderni mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Bugungi yangiliklar