Live
4
O'zbek

Evra: «Eng yaxshi sport formamda Yamalni «yeb qo‘ygan» bo‘lardim. Ishonmasangiz, Ronaldu va Messidan so‘rang»

Futbol
6 iyun, 13:28
Fransiyalik sobiq himoyachi hozirgi davrning eng iqtidorli yosh futbolchilaridan biri haqida gapirdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Evra: «Eng yaxshi sport formamda Yamalni «yeb qo‘ygan» bo‘lardim. Ishonmasangiz, Ronaldu va Messidan so‘rang»
Foto: Gettyimages

«Manchester Yunayted» va Fransiya milliy jamoasi sobiq himoyachisi Patris Evra «Barselona» vingeri Lamin Yamal bilan ehtimoliy qarama-qarshiligi qanday yakun topishi haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Eng optimal sport formamda Yamalni shunchaki «yeb qo‘ygan» bo‘lardim. Kechir, Lamin. Men seni yaxshi ko‘raman… Ammo Krishtianudan, Messidan, menga qarshi o‘ynagan boshqa futbolchilardan so‘rab ko‘ring, men yaxshi yigit bo‘lmaganman», — deya Evra so‘zlaridan iqtibos keltirdi ESPN UK.

Ma’lumot uchun, Lamin Yamal «Barselona» klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Yakuniga yetgan mavsumda 18 yoshli vinger 45 ta o‘yinda 24 ta gol urdi va 18 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Eslatib o‘tamiz, shu bilan birga Yamal La Liganing mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Bugungi yangiliklar