Bu haqda insayder Florian Plettenberg xabar bermoqda.
Joau Palinya o‘z kelajagi haqida tez kunlarda qaror qabul qilishni rejalashtirmoqda. Hozirda ikkita variant mavjud – «Tottenhem» va «Sporting» Lissabon.
Klublar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda. Hozircha «Tottenhem» ko‘proq imkoniyatga ega. Ammo londonliklar «Bavariya» bilan kelishuv shartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha muzokara o‘tkazmoqchi. Dastlabki bitimda sotib olish summasi kafolatlangan 25 million yevro va u ehtimoliy bonuslar bilan 30 milliongacha ko‘tarilishi mumkin edi. Londoniklar kamroq to‘lashni xohlashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Palinya De Zerbi jamoasi APLda qolishida muhim rol o‘ynadi. Jumladan, 38-turda 30 yoshli portugaliyalik «Everton»ga qarshi o‘yinda (1:0) g‘alaba golini urgan, bu gol «Vest Hem»ni Chempionshipka yo‘llashga sabab bo‘ldi.