Live
2
O'zbek

Infantino O‘zbekiston milliy jamoasiga omad tiladi

Futbol
6 iyun, 08:03
FIFA prezidenti mundial oldidan vakillarimizga maxsus murojaat yo‘lladi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
Infantino O‘zbekiston milliy jamoasiga omad tiladi
Foto: O'FA
17.06.2026, 22:00 Jahon chempionati (JCH-2026) O‘zbekiston O‘zbekiston - : - Kolumbiya Kolumbiya

FIFA prezidenti Janni Infantino 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan O‘zbekiston milliy jamoasiga omad tiladi.

Futbol rahbari o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida O‘zbekistonning mundialdagi tarixiy ishtiroki haqida fikr bildirib, jamoaga muvaffaqiyat tiladi.

«O‘zbekiston milliy jamoasiga bu yozda Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tadigan FIFA Jahon chempionatida omad tilayman!

Jahon futbol sahnasidagi tarixiy debyutini o‘tkazadigan O‘zbekiston milliy jamoasiga eng ezgu tilaklarimni bildiraman. Muxlislarini faxrlantirish, tarixda yangi sahifa ochish va butun dunyoga o‘z imkoniyatlarini namoyish etish yo‘lida ularga muvaffaqiyat tilayman», — dedi Infantino.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy jamoasi o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionati final bosqichida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, vakillarimiz mundialning K guruhidan joy olgan bo‘lib, Portugaliya, Kolumbiya va Kongo DR milliy jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
  • Kolumbiya Kolumbiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar