«Milan» darvozaboni Mayk Menyan yozgi transferlar oynasida klubini o‘zgartirishi mumkin.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, fransiyalik posbon «Yuventus»ning transfer maqsadlari ro‘yxatidan joy olgan.
Manbada aytilishicha, Turin klubi rahbariyati darvozabon chizig‘ini kuchaytirish ustida ishlamoqda va Menyan bu vazifani hal qila oladigan futbolchilardan biri sifatida ko‘rilmoqda.
Qayd etilishicha, yaqin vaqt ichida tomonlar o‘rtasida muzokaralar boshlanishi mumkin.
30 yoshli darvozabon o‘tgan mavsum barcha musobaqalarda 41 ta bahsda maydonga tushdi. Ularning 16 tasida o‘z darvozasidan gol o‘tkazib yubormadi.
Eslatib o‘tamiz, Mayk Menyan bir necha mavsumdan buyon «Milan»ning asosiy darvozaboni sifatida to‘p tepib kelmoqda.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali fransiyalik futbolchining transfer qiymatini 20 million yevroga baholagan.