«Latsio» «Brayton» himoyachisi Diego Koppolga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda La Gazzetto dello Sport nashri xabar berdi.
Italiyalik 22 yoshli markaziy himoyachi o'tgan yozda «Verona»dan 11 million yevro evaziga «chaykalar» safiga o'tgan edi. «Latsio» esa himoyani Diegoga e'tibor qaratgan.
Koppola ingliz jamoasida o'z o'rnini topa olmadi — o'tgan mavsumning ikkinchi qismida u «Parij»da ijarada o'ynadi.
Ikkala klub safida jami 23 ta o'yin o'tkazib, o'z hisobiga 4 ta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
«Latsio» A Seriyada yakuniy 9-o'rinni egalladi va kelasi mavsum uchun evrokuboklarga yo'llanmasiz qoldi.