"Yuventus" hujumchisi Jonatan Devid yana Fransiya chempionatiga qaytishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko'ra, "Lion" klubi kanadalik forvardga qiziqmoqda. "Sherlar" uni ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda.
Shu bilan birga, turinliklar uning maoshining bir qismini qoplashga tayyor ekanliklarini bildirishdi, hozirda bu mavsum uchun 11 million yevroni tashkil etadi.
Ma'lumot uchun, Jonatan Devid o'tgan yozda erkin agent sifatida "Yuventus"ga o'tgan edi.
O'tgan mavsumda u "zebralar" safida u barcha turnirlarda 46 ta o'yin o'tkazib, 8 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
"Lion" Fransiya chempionatida mavsumni 4-o'rinda yakunladi va kelasi mavsum uchun Chempionlar ligasi saralashiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.