«Monako» «Yuventus» hujumchisi Lois Opendaga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Monegasqlar allaqachon futbolchining agentlari bilan uni sotib olish huquqi bilan ijaraga olish borasida dastlabki ijobiy muzokaralarni o‘tkazdi.
Ma'lumot uchun, belgiyalik 26 yoshli futbolchi «Yuventus»da ijara asosida o‘ynamoqda. Futbolchining huquqlari «Leyptsig»ga tegishli hisoblanadi.
Shartnomada ma'lum shartlarga erishilgandan so‘ng kuchga kirgan majburiy sotib olish bandi mavjud. «Yuventus» uchun butun kelishuv transfer, ijara va maosh xarajatlarini hisobga olgan holda 46 million yevroga tushdi.
Shu bilan birga, belgiyalik futbolchi «zebralar»ning kelasi mavsum uchun rejalariga kiritilmagan.
O‘tgan mavsumda Openda barcha turnirlarda 37 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol urdi.