«Everton» vinger Iliman Ndiayening transfer narxini belgilab oldi.
Jurnalist Patrik Boylend xabariga ko‘ra, mersisaydliklar 26 yoshli futbolchini kamida 81 million yevroga baholamoqda.
Manbada aytilishicha, Ndiayening o‘zi transfer so‘rovi bilan chiqmagan. Biroq klub hozircha futbolchi bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erisha olmagan.
Senegallik futbolchi 2024 yilda «Marsel»dan 18 million yevro evaziga «Everton» safiga qo‘shilgandi.
Shundan buyon u klub safida 71 ta bahsda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, Ndiaye so‘nggi mavsumlarda «Everton»ning hujumdagi asosiy futbolchilaridan biri bo‘lib kelmoqda.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 55 million yevroga baholagan.