Live
1
O'zbek

Balde yozda "Barselona"ni tark etishi mumkin. Unga APLning 3 klubi qiziqmoqda

Futbol
6 iyun, 11:49
Transfermarkt portali Baldening narxini 50 million yevroga baholamoqda.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Balde yozda "Barselona"ni tark etishi mumkin. Unga APLning 3 klubi qiziqmoqda
Фото: Getty Images

"Barselona" himoyachisi Alejandro Balde katta ehtimol bilan jamoani tark etadi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, "Manchester United", "Manchester City" va "Aston Villa" jamoalari unga qiziqmoqda.

Futbolchining o'zi Kataloniya klubida qolishni istamoqda. Biroq klub moliyaviy holatini yaxshilash maqsadida Alejandro bo'yicha takliflarni ko'rib chiqadi.

Ma'lumot uchun, Balde "Barselona" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Uning jamoa bilan shartnomasi 2028 yilning 30 iyuniga qadar mo'ljallangan.

Yakunlangan mavsumda "ko'k-anorranglilar" safida barcha turnirlarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, uchta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali Baldening narxini 50 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar