Live
2
O'zbek

Mbappe faoliyatidagi unga qarshi o'ynagan eng kuchli himoyachini aytdi

Futbol
6 iyun, 11:28
Niderlandiyalik himoyachi Kilian uchun jiddiy raqobatchi bo'lgan.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
Mbappe faoliyatidagi unga qarshi o'ynagan eng kuchli himoyachini aytdi
Фото: Getty Images

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe faoliyati davomida o'ziga qarshi o'ynagan eng qiyin raqib kim ekanligini aytdi.

«Uch yoki to'rt yil oldin van Deyk bilan raqobatlashish menga yoqqandi. Chunki o'shanda u o'z pozitsiyasining eng yaxshi o'yinchisi deb tan olingan edi. Van Deyk – haqiqiy maxluq edi», — deya Mbappening so'zlaridan iqtibos keltiradi AS.

Ma'lumot uchun, van Deyk 2018 yilning yanvar oyidan buyon «Liverpul»da to'p tepadi. Bu davr mobaynida 34 yoshli futbolchi barcha turnirlarda 374 ta o'yinda ishtirok etib, 36 ta gol va 16 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar