Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
«Liverpul» klubi «Byornli» jamoasining markaziy himoyachisi Maksim Estevni klubni tark etgan Ibraima Konatening o‘rnini bosuvchi sifatida ko‘rmoqda. Mersisaydliklar uchun bu transferda «Chelsi» va «Kristal Pelas» klublari raqobat tashkil qilishi mumkin.
Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda «qizillar» 24 yoshli futbolchini imzolash uchun aniq qadamlar tashlagani yo‘q. «Byornli»dagilar esa futbolchini klubda saqlab qolish qiyin bo‘lishini tushunishmoqda.
O‘tgan mavsumda Estev barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda ishtirok etdi, ammo hech qanday samarali harakatlar amalga oshirmadi.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2030-yil yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali Maksimning aktual transfer narxini 28 mln yevroga baholamoqda.