Live
2
O'zbek

APLda mavsum futbolchisi sovriniga da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi

Futbol
6 iyun, 08:06
Nomzodlar orasidan g‘olibni futbolchilarning o‘zi tanlaydi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
APLda mavsum futbolchisi sovriniga da’vogarlar nomi ma’lum bo‘ldi
Foto: Getty Images

Angliya Professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) talqiniga ko‘ra, 2025/26 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi sovriniga da’vogar bo‘lgan olti nafar futbolchi nomi e’lon qilindi.

Nomzodlar qatoridan «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Bruno Fernandesh, «Manchester Siti» futbolchilari Erling Holand va Rayan Sherki, shuningdek, «Arsenal» vakillari David Raya, Gabriel Magalyains hamda Deklan Rays joy oldi.

PFA talqinidagi yil futbolchisi har yili professional futbolchilarning o‘zlari tomonidan aniqlanadi.

Qayd etilishicha, Bruno Fernandesh avvalroq Angliya Premyer Ligasi va Futbol jurnalistlari assotsiatsiyasi talqiniga ko‘ra ham mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra «Arsenal» Angliya Premyer Ligasi chempioniga aylangan. «Manchester Siti» ikkinchi, «Manchester Yunayted» esa uchinchi o‘rinni egallagan.

Ma’lumot uchun, PFA mukofoti Angliyadagi eng nufuzli individual sovrinlardan biri hisoblanadi, chunki g‘olibni futbolchilarning o‘zi ovoz berish orqali tanlaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar