Bugun
12
O'zbek

O‘zbekiston milliy jamoasi a’zolari uchun maxsus seminar tashkil etildi

Futbol
5 iyun, 02:22
FIFA tomonidan halol oʻyin va futbolda shaffoflikni ta’minlash boʻyicha maxsus seminar tashkil etildi.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
O‘zbekiston milliy jamoasi a’zolari uchun maxsus seminar tashkil etildi
Фото: ЎФА

AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tadigan FIFA Jahon chempionati-2026 oldidan O‘zbekiston milliy jamoasi futbolchilari hamda murabbiylar shtabi uchun maxsus seminar tashkil etildi. Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.

Unda FIFA Jahon chempionatida amal qilinadigan shaffoflik qoidalari, sport halolligi tamoyillari hamda futbolchilar va jamoa vakillarining mazkur yo‘nalishdagi majburiyatlari yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, seminar davomida FIFA tomonidan taqdim etilgan axborot va maslahat xizmatlari, ishtirokchilar uchun mavjud murojaat kanallari hamda musobaqalar davomida amal qilinadigan tegishli tartib-taomillar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston O‘zbekiston
Bugungi yangiliklar