Bugun
12
O'zbek

AQShda Angliya futbolchilarining butsa va boshqa buyumlarini tunab ketishdi

Futbol
12 iyun, 23:30
Yanada achinarlisi, o‘g‘irlikdan so‘ng yuk mashinasida atigi bitta futbol to‘pi qolgan.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
AQShda Angliya futbolchilarining butsa va boshqa buyumlarini tunab ketishdi
Foto: Getty Images

AQShda o‘tayotgan jahon chempionatida Angliya milliy jamoasi tunab ketildi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

Futbolchilar Xorvatiyaga qarshi o‘yin oldidan butsa va maxsus liboslarsiz qolgan. Qayd etilishicha, Angliya futbolchilarining butsasi Kanzas-Sitidagi mashg‘ulot bazasiga olib ketilayotgan paytda o‘g‘irlanib ketilgan.

Shuningdek, futbol to‘plari va mashg‘ulot liboslari ham Floridadan Kanzas-Sitiga ketishda yo‘qolgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, jamoa xodimlari hozir futbolchilar uchun shoshilinch tarzda butsa topishga harakat qilmoqda. Yanada achinarlisi, o‘g‘irlikdan so‘ng yuk mashinasida atigi bitta futbol to‘pi qolgan.

Eslatib o‘tamiz, L guruhining 1-turidan o‘rin olgan Angliya — Xorvatiya uchrashuvi 17 iyundan 18 iyunga o‘tar kechasi AQShda bo‘lib o‘tadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 01:00 da start oladi.

Avvalroq Angliya o‘rtoqlik o‘yini doirasida Kosta-Rikani yirik hisobda yenggani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar