Bugun
12
O'zbek

Hakimi: "Vinisiusning nimalarga qodir ekani bizga yaxshi ma'lum"

Futbol
13 iyun, 01:00
Marokashlik himoyachi Braziliyaga qarshi o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Hakimi: "Vinisiusning nimalarga qodir ekani bizga yaxshi ma'lum"
Foto: Getty Images
13.06.2026, 18:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Braziliya Braziliya - : - Marokash Marokash

Marokash milliy jamoasi himoyachisi Ashraf Hakimi jahon chempionati 1-tur doirasidagi Braziliyaga qarshi o'yin haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Vinisiusning nimalarga qodir ekani bizga yaxshi ma'lum. Men unga qarshi bir necha bor o'ynaganman, u rostan ajoyib futbolchi. Men o'zimni tayyor deb his qilaman va ishonamanki, biz yaxshi o'yin ko'rsata olamiz.

Jahon chempionatida favoritlar bo'lmaydi. Ikkala jamoa ham nimaga qodirligini bilamiz. Bu teng kurashlarga boy o'yin bo'ladi.

Omad bizning tomonda bo'lishiga va imkoniyatlardan foydalanishimizga umid qilamiz. Menimcha, bu yerda aniq favorit yo'q", — dedi himoyachi.

Avvalroq Hakimi Afrika tarixidagi eng sovrindor futbolchiga aylangani ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Braziliya Braziliya
  • Marokash Marokash
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar