AQSh milliy jamoasi hujumchisi Folarin Balogun Paragvayga qarshi bahs (4:1) da dubl muallifiga aylandi.
«Monako» forvardi uchun bu jahon chempionatidagi debyut o‘yin hisoblanadi. Balogun tanaffusgacha xet-trik qayd etishi ham mumkin edi, ammo uning 28-daqiqada urg‘an ilk goli ofsayd sabab inobatga olinmadi. Oradan uch daqiqa o‘tib esa Folarin qoidalarga muvofiq tarzda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Qayd etish lozim, mezbonlar guruhidagi ikkinchi bahsda Avstraliya Turkiya bilan kuch sinashadi. Uchrashuv ertaga, 14 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 09:00 da start oladi.