AQSH milliy jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jahon chempionati 1-turidagi Paragvayga qarshi bahs (4:1)dan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
«Men juda faxrlandim. Futbolchilar va murabbiylar shtabi bu uchrashuv uchun katta maqtovga loyiq. Eng muhimi — o'yin va emotsiyalar.
Bu faqat boshlanish ekanini yaxshi bilamiz. Bu atigi bitta o'yin. Endi oqilona harakat qilishimiz va shu yo'nalishda davom etishimiz kerak.
Biz juda xursandmiz, chunki birinchi bahs har doim juda qiyin bo'ladi. Axir biz jahon chempionatiga mezbonlik qilyapmiz. Lekin qiyinchiliklar va bosimni engib o'ta oldik.
Ilk 45 daqiqa ajoyib o'tdi, bunday o'yin ko'rsata oladigan jamoani topish qiyin. Men juda xursandman va jamoamdan juda faxrlanaman», — dedi Pochettino.